Florentino Peres ikkinchi bor koronavirusga chalindi

Omonjon To`xtamirzayev
9 okt 2023
"Real Madrid" prezidenti Florentino Peres koronavirusga chalingan.

Ispaniyalik jurnalist Xose Luis Sanchesning ma'lumotiga ko'ra, 76 yoshli Florentino koronavirusga chalingani sababli La Liga 9-turi doirasidagi "Osasuna"ga qarshi o'yinni (4:0) o'tkazib yuborishga majbur bo'lgan.

Eslatib o'tamiz, Peres ikkinchi bor COVID-19 kasalligiga yo'liqqan. Birinchi marta u bu kasallikni 2021 yil fevral oyida boshdan o'tkazgandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: El Chiringuito TV