Fonte: "Ronaldu nafaqat jahon, balki kelgusi Yevropa chempionatida ham o'ynaydi"

Оқил Абдубарноев
31 mar 2022
Portugaliya terma jamoasi himoyachisi Joze Fonte hujumchi Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.

"O'ylashimcha, u so'nggi intervyusida o'z kelajagini o'zi belgilashini aniq aytdi. Jismoniy jihatdan o'zini yaxshi his qilmoqda, hatto ajoyib.

Agar u sovrinlarni qo'lga kiritish imkoniyatiga ega bo'lsa va yuqori saviyada o'ynashda davom etsa, faoliyatini yakunlamaydi.

Ronaldu faoliyatini davom ettirmoqchi. O'ylaymanki, u nafaqat Qatarda bo'lib o'tadigan 2022 yilgi jahon chempionatida, balki hech bo'lmaganda keyingi Yevropa chempionatida ham ishtirok etadi", - dedi "Lill" futbolchisi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia