Frank Lebyof: "Real"da Bellingem, Vinisius va Mbappe bor – bu muammo"

Aslanov Jasurbek
24 dek 2025
Fransiya terma jamoasi sobiq himoyachisi Frank Lebyof "Real"ning tarkib borasidagi muammolari yuzasidan fikr bildirdi.

Ayni damda murabbiy Xabi Alonso jamoasi La Liga jadvalida 18 o'yinda 42 ochko to'plagan holda ikkinchi o'rinda bormoqda

"Real" 2000-yillar boshida, tarkibida Devid Bekxem, Zinedin Zidan va Ronaldo bo'lgan paytdayoq bunday vaziyatni boshdan kechirgan edi.

Ularga sovrin yutish qiyin bo'lgan, chunki bitta superyulduz bilan bu allaqachon mushkul ish, ikkitasi bilan – imkonsiz, uchtasi bilan esa – shunchaki fantastika.

Qachonki sizda Jud Bellingem, Vinisius Junior, Kilian Mbappe bor ekan – bu muammo.

Ularni maydonga tushirish, jamoani ular atrofida qurish kerak. Futbol bunday ishlamaydi. Hech qachon. Xabi Alonso hozir qiyinchiliklarga duch kelmoqda", – dedi Frank Lebyof.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal