Fred: “Messining ko'z yoshlarini ko'rmoqchiman”

Eldor Akmurzayev
9 dek 2022
Braziliya TJ yarim himoyachisi Fred JCH-2022 yarim finalida Argentina bilan to'qnash kelishni xohlamoqda.

Faqat buning uchun “pentakampeonlar” Xorvatiya to'sig'idan o'tishi, argentinaliklar esa Niderlandiyadan ustun kelishi kerak.

“Braziliya hamda Argentina o'rtasidagi yarim finalni xohlayman. Sorisamani, notinchlikni, Neymarning to'pni raqib oyoqlari orasidan o'tkazayotganini, Messining yig'layotganini ko'rmoqchiman”, deydi MYU a'zosi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ESPN