Frenk Lempard: "Villianning qarorini hurmat qilamiz"

Aslanov Jasurbek
3 avg 2020
"Chelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard Vilianning transferi haqida fikrini bildirdi.

"Bu uning qarori. Bu savolga ochig'i qanday javob berishni ham bilmayman. Men Villian bilan juda yaxshi munosabatdaman. Lekin, u yakunda qanday qaror qabul qilishini bilmayman. Agarda keyingi mavsumda ham biz bilan qolsa albatta xursand bo'laman. Ushbu mavsumda u ajoyib harakatlari bilan muvaffaqiyatlarimizga hissa qo'shdi. Uning tanlovini hurmat qilaman. "Chelsi" uchun eng yaxshi futbolchilardan biri bo'lib qoladi degan umiddaman",- deydi Lempard.

Eslatib o'tamiz London klubi braziliyalik futbolchi bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni boshlagan. "Chelsi" uning uchun 2 yillik shartnoma taklif qilmoqda. Biroq, Villian "Barselona" taklif qilayotgan 3 yillik shartnomaga rozilik bermoqchi. Qolaversa "Arsenal" ham uni qo'lga kiritish istagida. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sports.ru