Futzal. Jahon chempionati-2021da video yordamchi ishlatiladi

Tolibjon Qosimov
9 iyun 2021
Xabaringiz bor, shu yilning 12 sentyabr - 3 oktyabr sanalarida futzal bo'yicha IX Jahon chempionati bo'lib o'tadi.

Unda Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi.

FIFA rasmiy saytining xabar berishicha, Jahon chempionatida birinchi marta video yordam tizimidan foydalaniladi.

Tizim videolarni boshqaruvchi operator va hakamlar uchun maydon chetidagi monitordan iborat bo'ladi.

Bu tizim bir qancha TOP ligalarda sinovdan o'tkazildi.

Ushbu tizimdan to'rtta holatni aniqlashda foydalaniladi:

1) Gol yoki gol emasligini aniqlashda.

2) Ehtimoliy penalti holatlarida.

3) To'g'ridan-to'g'ri qizil kartochkalarda.

4) Futzalchi noto'g'ri jazolanganda, yani vaziyatdagi haqiqiy ayborning shaxsini aniqlashda.


Eslatib o'tamiz, futzal bo'yicha amaldagi Jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi. Maradona vatandoshlari 2016 yil Kolumbiyada o'tgan mundial finalida Rossiyani 5:4 hisobida mag'lub etishgan.

Futzal. JCH-2021 o'yinlar taqvimi (to'liq)


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: fifa.com