Galatasaroy Realdan Xose Rodrigesni sotib oldi

Narzulla Saydullayev
1 avg 2015
Real Madrid Kastilya yarim himoyachisi Xose Rodriges Galatasaroy klubiga ko'chib o'tdi.

20 yoshli futbolchi turk klubi bilan 4 yillik shartnoma tuzdi, uning maoshi yiliga 800dan 850 ming evroga ko'tariladi.

Galatasaroy Realga Rodrigesning har 30ta o'yini uchun qo'shicha 250 ming evro to'laydi.

Real uni 10 million evro evaziga qayta sotib olishi mumkin. Madrid klubi bu huquqdan 2018 yilga qadar foydalanishi mumkin. Agar Galatasaroy  Rodrigesni boshqa klubga sotsa, Real bu transferning 30 foizini oladi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumni Rodriges Deportivoda ijarada o'tkazdi. U 27ta o'yinda 2ta gol urdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru