⚡️ G'alati o'tayotgan Afrika Kubogi

Eldor Akmurzayev
3 fev 2022
Kamerundagi qita birinchiligi antiqa holatlarga boy bo'lmoqda, ulardan esda qolganlarni mazkur videomiz orqali yodga olib o'tamiz.


1. Gambiyaga qarshi o'yin oldidan tashkilotchilar Mavritaniya (0:1) madhiyasini topa olishmadi. Ular bunga uch marta urindi, ammo oxir oqibat futbolchilarning o'zi jonli tarzda madhiyani ijro etishlariga to'g'ri keldi.

2. Tunis – Mali (0:1) uchrashuvini boshqargan hakam yaxshigina qovun tushirdi. U avvaliga 86-daqiqada final xushtagini chaldi, keyin esa xato qilganini bilib jamoalarni maydonga qaytardi va asosiy vaqt tugashiga 11 sekund qolganida uchrashuvni yana yakunlashga qaror qildi.

3. Burkina Faso – Tunis (1:0) uchrashuvi oldidan o'tkazilishi kerak bo'lgan matbuot anjumaniga noma'lum shaxs kirib, mikrofon va kabellarni yig'ishtirib olib chiqib ketdi. Keyinchalik tashkilotchilar barcha qurilmalarni ijaraga olgani va pullar vaqtida to'lanmagani tufayli shunday qilingani ma'lum bo'ladi.

4. Malavi termasi ustozi musobaqa tashkilotchilari kichik darajadagi jamoalarga past nazar bilan qarayotgani va ularga ovqat etmay qolayotganidan shikoyat qildi.

5. Kamerun – Komor orollari (2:1) uchrashuvi esa alohida mavzu:

Komor orollarida o'yin oldidan kiperlar bilan bog'liq muommolar yuzaga kelgani tufayli darvozaga bo'yi 172 sm bo'lgan himoyachi turdi va u darvoza tomon yo'llangan 6 zarbadan 4 tasini qaytardi. Shuningdek, uning libosidagi raqamni skotch bilan o'zgartirishga to'g'ri keldi. O'yin davomidagi tiqilinchda esa bir necha kishi halok bo'lgani ma'lum bo'ldi.

6. Gvineya – Zimbabve (1:2) uchrashuvini musobaqa tarixida ilk bor ayol hakam boshqardi va o'yin davomida u kartochkasini yo'qotib qo'ydi. Kartochkani topishda esa futbolchilardan biri unga yordam berdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia