Gattuzo o'z jamoasiga Rakitichni olib kelmoqchi

Alisher
30 iyun 2024
Taniqli xorvatiyalik yarim himoyachi Ivan Rakitich faoliyatini vatanida davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, futbolchi bilan shartnoma imzolashga "Xayduk" bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo qiziqish bildirmoqda.

36 yoshli Rakitich Saudiya Arabistoni chempionatiga ("Al Shabab" klubi) shu yilning qishida yo'l oldi. Ivan 2025 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan bitim tuzgan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano