Гринвуд Англия терма жамоасида бошқа ўйнамайди

Sherzod Nurmatov
7 mar 2025
Мэйсон Гринвуд Ямайка терма жамоаси учун ўйнашга қарор қилди.

"Марсель" вингери спорт фуқаролигини ўзгартириш бўйича расмий мурожаат йўллади. Бу ҳақда Англия футбол ассоциациясининг ижрочи директори Марк Буллингем хабар берди.

Гринвуд Англия терма жамоаси таркибида фақат бир марта – 2020 йил сентябрида ўйнаганди. 2024 йил августида у Ямайка терма жамоасига ўтиш жараёнини бошлади ва энди Англия терма жамоасига чақирилиши мумкин эмас.

23 ёшли футболчи жорий мавсум Лига 1 доирасидаги 24 ўйинда 15та гол урди.


Sherzod NurmatovМақола муаллифи
Муқова: Goal.com

Изоҳлар

Санжар
7 mar
Кадрланмаган талант. Тен дал бан ва МЮ рахбарлари синдирди шундай талантни
PFK HAQIQAT
7 mar
Yamaykalik futbolchilar oʻz davlatida oʻynashganida edi. Xujum chizigʻi qoʻrqinchli boʻlar edi. Ayvon tone, sancho, grenwood bular man bilganlarim holos
Grand Grand
7 mar
Yoshlik beboshlik deb bekorga aytilmagan kim yoshligida xato qilmagan misol Antoni xam yuradigan qizini urgandi lekin uniki kattalashib ketmadi Ten Xag podershka qildi uni EVRO-2004 Ronaldu nima qiliqlar qilgandi Angliya bilan uyinda uni Ser Alex qullab quvvatlagandi xozirgi vaqtda faoliyatini tugatgan MYU afsonalari qulidan murabiyilik kelmayabdi faqat jamoani tanqid qilishdan nariga utmayabdi xozirgi kunda MYUga etakchi va qanotga xujumkor yarim ximoyachi juda xam kerak xuddi Reshfordek MYU afsonalaridan chiqib Omma oldida kechirim suratish kerak edi xammada xato bor
Obidjon
7 mar
Suymaganga suykalma degan gap bor. Tugʻri qilibdi Grinvud.Lekin kuchliroq terma jamoani tanlasa ham boʻlardi. Xaa oʻzini hohishida endi .Omad tilaymiz zoʻr futbolchi gap yoʻq. Bobo yoki momo taraflama Yamaykaliklarga borib tutashsa kerakda