

Gyulerning agentlari A Seriya peshqadami "Inter" bilan "ijobiy" muzokaralar olib borgan va Chalxanoglu "Real" futbolchisining transferi haqidagi mish-mishlarni avj oldirdi.
"Arda Gyuler - juda muhim o'yinchi, men ukam juda ham g'amxo'rman. U kelib biz bilan "Inter"da o'ynashini istardim. Maslahatim: u ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'ladigan joyga o'tishi kerak.
Uning "Real"dagi ishlari qanday ketayotganini bilmayman, shuning uchun unga ortiqcha aralashishni istamayman. Umid qilamanki, u ko'proq o'ynaydi, chunki u bunga loyiq", - dedi Chalxanoglu.



