Hakimi – 2022 yildagi eng yaxshi arab sportchisi. U sovrinni onasiga sovg'a qildi

Eldor Akmurzayev
22 yanv 2023
PSJ hamda Marokash TJ a'zosi Ashraf Hakimi Ar-Riyodda o'tkazilgan “Joy Award” marosimida qatnashdi.

U 2022 yildagi eng yaxshi arab sportchisi deya etirof etildi. Sovrin Yaqin Sharqdagi sportchilarga topshiriladi. Futbolchi tadbirga onasi bilan tashrif buyurdi va sovrinni unga sovg'a qildi.

24 yoshli futbolchi JCH-2022'da Marokash terma jamoasi bilan kuchli to'rtlikdan joy oldi. Parijliklar bilan esa u o'tgan mavsum Liga 1 va Fransiya Superkubogida muvaffaqiyatga erishdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Joy Award