Himoyachi "Sanderlend" mashg'ulotiga 72 kun kechikib bordi

Aslanov Jasurbek
6 sen 2018
Senegallik himoyachi Papi Jiliboji "Sanderlend" mashg'ulotlariga chaqirilgan muddatdan 72 kun kechikib keldi.

Ayni damda klub 29 yoshli futbolchi bilan shartnomani bekor qilish yo'llarini ko'rib chiqmoqda.

Bundan tashqari, "Sanderlend" Jilibojiga u jamoa safida yo'qligidagi maoshni to'lamoqchi emas.

Senegallik 2016 yillardan beri "qora mushuklar" sharafini himoya qiladi. O'shanda "Sanderlend" "Chelsi"ga transfer uchun 8,8 mln evro to'lagan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun