Xurshid G'iyosov "Bunyodkor" mashg'ulotlariga qo'shildi

Mirjalol Normatov
11 avg 2020
10 iyul kuni o'zbekistonlik yarim himoyachi Xurshid G'iyosov va Janubiy Koreyaning "Anyang" klubi o'zaro kelishgan holda shartnomani bekor qilishgandi.

Oldinroq G'iyosov O'zbekiston chempionatiga qaytayotganligini va u "Bunyodkor" bilan shartnoma imzolashi kutilayotganligini ma'lum qilgandik.

Bugun u "Bunyodkor" mashg'ulotlarida ishtirok etdi.

Eslatib o'tamiz, hamyurtimiz joriy mavsum "Anyang" tarkibida 4ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia