Ҳусанов бундай натижага эришган тарихдаги иккинчи футболчига айланди

Khoja
20 feb 2025
Ўзбекистонлик ҳимоячи Абдуқодир Ҳусанов «Сантяго Бернабеу»да «Реал»га қарши Европа Чемпионлар лигаси плей-офф босқичининг жавоб ўйинида «шаҳарликлар» сафида майдонга тушди.

Opta хабарига кўра, 20 ёшу 356 кунлик ёшда бўлган Ҳусанов Чемпионлар лигасининг плей-офф босқичида «Реал»га қарши сафар ўйинида дебют қилган иккинчи энг ёш футболчига айланди.

Рекорд Каан Айханга тегишли бўлиб, у 2014 йилнинг март ойида 19 ёш 128 кунлигида «Шалке 04»да «Реал»га қарши майдонга тушган.


KhojaМақола муаллифи
Муқова: Opta

Изоҳлар

Na sayte bavariya
20 feb
Bu yil realdi ..barsa psj arsenal tuxtatmasa qolgan kamandalardi kuchi yetmedi wekli liverpulam sekin charchayapti )) ))
Muhammadqodir Muhtorov
20 feb
Kecha Xusanov juda zo'r o'ynadi. Ayb markaziy yarim himoyachilarni sustligida. O'yin quradigan yarimximoyachi yoq ekan sitida. Shaxsan men Abduqodirni bunaqa tez yuguradi deb o'ylamagan edim. Asencioni chotidan o'tkazib tepgani, Viniga 3 4 vaziyatda imkoniyat bermaganini o'zi unga nisbatan katta plyus. 2-golda esa hammada kuzatiladigan holat kuzatildi. (REAL muxlisi)
Erling Xoland
20 feb
Siti kelasi yil kuchli bo'lib qaytadi.Yangilar ancha kirishib oldi.Yangi mavsumda boshqa Sitini ko'ramiz. Inqiroz o'tkinchi narsa.
Erling Xoland
20 feb
Eng asosiysi anavi maymunbashara Vinipuxni yeb tashadi shunga xursand bo'ldim.Abduqodir hali pik formaga chiqadi omad ot dushi!
Behzod Umedov
20 feb
Abduqodir kecha zo'r o'ynadi Realdek kuchli raqibga qarshi o'yinda himoyachilar orasi yagona tirik oyinchi bo'lsa kerak. Bekorga to'liq oynatmadi Gvardiola uni