Ibragimovich Mbappega qaysi klubga o'tishi kerakligini aytdi

Eldor Akmurzayev
23 yanv 2022
“Milan” forvardi Zlatan Ibragimovich PSJ a'zosi Kilian Mbappe haqida gapirdi.

“Mbappe mendan maslahat so'rash uchun keldi va unga: “Agar o'rniningda bo'lganimda, “Real”ga o'tardim”, dedim.

Bari Mbappe nimani xohlayotgani va uning fikriga bog'liq. Uning o'rnida bo'lsam, “Real”ga yo'l olardim. Biroq, PSJ o'rnida bo'lganimda, uni saqlab qolishga harakat qilardim. Qarorni esa uning o'zi qabul qiladi”, deydi shved.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Madrid Xtra