Aytish kerakki, Otaxonov “championat.asia” saytining ramziy terma jamoasidan o'rin oldi.
- “Paxtakor”ga qarshi bahsga faqat g'alabani ko'zlab chiqqandik. Chunki muxlislarimiz muvaffaqiyatli o'yinlarni sog'inib qolishgandi. Hamma yigitlar bir yoqadan bosh chiqarib, astoydil mexnat qildi. Bu esa g'alabamiz omili bo'ldi. Tarkibimizda yaqqol bir yetakchi o'yinchi yo'q. Lekin hamma bir-birini qo'llab-quvvatlamoqda. Ishtiyoq ham yuqori bo'ldi.
- Ochig'ini aytsam, “Paxtakor”dan bundan-da kuchliroq o'yin kutgandim. Tan olish kerak, avvalgi “Paxtakor” bilan hozirgisini farqi bor. Ayni damda ularda asosan yoshlar o'ynamoqda. Lekin o'yini yaxshi shakllangan.
- Tur ramziy terma jamoasidan o'rin olishimni kutmagandim. Bu haqda jamoadoshlarim xabardor qildi. Albatta bunday etirofdan xursand bo'ldim. Kelgusi bahslarda ham jamoaga qo'limdan kelganicha yordam berishga xarakat qilaman – deydi Ibrohim Otaxonov.
"Andijon" matbuot xizmati