- Bugun bizga omad kulib boqmadi. Raqib darvozasi oldida yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmadik. Qolaversa, maydonning holati va kichik xatolarimiz mag'lubiyatimizga zamin yaratdi. Aslida bugun biz yutqazmadik, yutqazishimizga yordam berib yuborishdi.
Jamoa uy o'yinlarini tekis maydonda o'tkazsa, bir hafta o'tar-o'tmas bunday notekis maydonda to'p surish oson emas. To'g'ri, mavsum avvalida ham shunday noqulay maydonlarda to'p surdik, kerak bo'lsa, g'alaba qozondik, ammo har doim ham futbolchilarni sifatli maydondan, sifatsiz maydonga tayyorlash oson emas.
Hakamlar haqida fikr bildirmoqchi emasman. Darvozamizga belgilangan penalti to'g'risida diskni ko'rib chiqqanimizdan keyin gapirishim mumkin.