Ingliz klubi "Selta" forvardi uchun 50 million evro to'laydi

Alisher
8 iyul 2019
"Vest Xem" "Selta" hujumchisi Maksi Gomes uchun 50 million evro to'lamoqchi.

Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda. Qayd etish kerakki, urugvaylik futbolchi "Valensiya"ga o'tishga yaqin edi.

Ammo, o'yinchi o'z omadini APLda sinab ko'rishga qaror qildi.

Maksi Gomes faoliyatini Urugvayning "Defensor Sporting" klubida boshlagan. U 2017 yildan beri "Selta" sharafini himoya qilmoqda.

Futbolchi yakunlangan mavsumda barcha turnirlarda 40ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol va 5ta assistga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports