Insayder Konte va Keynning o'zaro munosabati haqida ma'lumot berdi

Eldor Akmurzayev
27 dek 2021
Junalist Fabricio Romanoning xabar berishicha, “Tottenxem” ustozi Antonio Konte va hujumchi Xarri Keyn o'rtasida hech qanday muammo yo'q.

“Ularning munosabatlari juda ham yaxshi. Konte murabbiylik kursisini egallashi bilanoq futbolchiga u jamoaning asosiy figurasi ekanligini tushuntirgan. U almashtirib bo'lmas futbolchi. Aynan shu tufayli sport direktori Fabio Paratichi Konteni jamoaga olib kelishga qaror qildi”, deydi Romano.

Keyn joriy mavsum APLda 15 o'yinda qatnashib, 3+1 natija ko'rsatib turibdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano