"Inter" 50 millionga italiyalik futbolchini sotib olmoqchi

Narzulla Saydullayev
11 iyul 2019
Italiya terma jamoasi a'zosi va "Kalyari" klubi yarim himoyachisi Nikolo Barella faoliyatini "Inter"da davom ettiradi.

Bu haqda Sky Sport Italia nashri xabar berdi.

Ushbu transfer 50 million evroga baholanmoqda. Futbolchiga "Roma" ham qiziqayotgandi va moliyaviy jihatdan yaxshiroq taklif bergandi. Ammo Barellaning o'zi "Inter"ni tanladi va Antonio Konte bilan ishlashni xush ko'rdi.

Nikolo Barella o'tgan mavsum Italiya A seriyasida 35ta o'yinda maydonga tushib 1ta gol urgan edi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Sky Sport Italia