“Inter” C Seriya darvozaboni bilan shartnoma imzoladi

Оқил Абдубарноев
14 iyul 2023
“Inter” darvozabon Rafael Di Jennaro bilan shartnoma imzoladi.

Milan klubi 29 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. O'tgan mavsumda u C Seriyada ishtirok etuvchi "Gubbio" jamoasi safida to'p tepgan.

Di Jennaro “Inter” tarbiyalanuvchisi hisoblanib, 2002 yildan 2019 yilgacha klubda bo'lgan, shundan so'ng "neradzurri"ni erkin agent sifatida tark etgandi.

Italiyalik futbolchi so'nggi mavsumlarni Italiya uchinchi divizionidagi "Katanzaro", "Peskara" va "Gubbio" klublarida o'tkazgan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/Inter