"Inter Mayami" Alba bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi

Оқил Абдубарноев
21 iyul 2023
Jordi Alba "Inter Mayami"ga o'tdi.

MLS klubi 34 yoshli himoyachi bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Shartnoma muddati hozircha oshkor etilmagan.

Oldinroq Albaning "Barselona"dagi sobiq sheriklari Lionel Messi va Serji Buskets AQSHga ko'chib o'tgandi.

Jordi "Barselona"da 2012 yildan buyon o'ynab kelayotgandi. Shu yilning may oyida himoyachi Kataloniya klubi bilan shartnomani bekor qildi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/InterMiamiCF