"Inter" "Milan" alohida stadion qurmoqchi bo'layotganidan norozi

Omonjon To`xtamirzayev
31 mar 2023
"Inter"dagilar "Milan"ning alohida stadion qurish niyati borligidan keskin norozi.

"Neradzurri" bu haqida "rossoneri"ga ham ma'lum qilib ulgurishgan. "Inter" xo'jayini Stiven Chjan bunday vaziyat yuzaga kelganidan qattiq xafa.

Ma'lumotlarga ko'ra, Chjan Jerri Kardinaldan yangi arena bo'yicha umumiy strategik reja tuzish bo'yicha "Milan" rahbariyati bilan uchrashuv tashkil qilishni so'ragan, biroq bu so'rov rad etilgan.

"Inter" nima bo'lganda ham Milanning San-Siro tumanida qolmoqchi. Agarda Milan municipaliteti bilan kelisha olmasa, "Inter" loyihasini hayotga tadbiq qilish uchun boshqa joy izlaydi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: football-italia.net