

"Milan" "Inter"ga San-Donato hududida yangi stadion qurish loyihasini taqdim etdi. "Neradzurri" qo'shnilarining taklifini qabul qilmadi, deya xabar berdi "Calcio Finanza".
"Qora-ko'klar"ni ushbu hududda arena qurish g'oyasi qiziqtirmadi. Bundan tashqari, "neradzurri" o'z stadionini Roccanoda qurmoqchi.
Biroq hozirda "Inter"da moliyaviy muammolar bor, shu tufayli klub sotilishi mumkin. Finlyandiyalik tadbirkor uni sotib olishga qiziqmoqda.



