"Inter" Naynggolan bilan shartnoma tuzganini e'lon qildi

Aslanov Jasurbek
26 iyun 2018
Yarim himoyachi Raja Naynggolan "Inter" bilan shartnoma imzoladi.

Milan klubi bergan ma'lumotga ko'ra, belgiyalik futbolchi bilan kelishuv 2022 yilning iyunigacha amal qiladi.

Oldinroq, "Inter" Naynggolan transferi uchun 29 mln. evro to'lashi e'lon qilingan edi. So'nggi mavsum 30 yoshli futbolchi A Seriyaning 31ta uchrashuvida maydonga tushib, 4ta gol urdi va 9ta golli pas berdi.

Naynggolan 2014 yildan beri "Roma" sharafini himoya qilib kelar edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: inter.it