

"FCInterNews" nashri xabariga ko'ra, 32 yoshli himoyachining xizmatlariga Milanning "Inter" hamda Londonning "Chelsi" klubi rahbariyatlari qiziqish bildiryapti. Ma'lumot uchun, Acherbining "Lacio" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar amal qiladi. U Italiya A Seriyasining joriy mavsumida 24ta uchrashuvda maydonga tushib, nomini 2 bor tabloga ham yozdirib qo'ygan.



