International Champions Cup. "Arsenal" "Bavariya"ni mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
18 iyul 2019
AQSHda International Champions Cup musobaqasi davom etmoqda.

Bugun tongda "Arsenal" va "Bavariya" klublari o'zaro kuch sinashishdi. Birinchi bo'limda hisob ochilmadi. Ikkinchi taymda dastlab germaniyaliklar himoyachisi Poznanski o'z darvozasiga gol urib qo'ydi. Zaxiradan maydonga tushgan Robert Levandovski esa raqib darvozasini ishg'ol qildi. Bahsdagi so'nggi va hal qiluvchi gol Nketia tomonidan "Bavariya" darvozasiga urildi - 2:1.


International Champions Cup

Arsenal Angliya – Bavariya Germaniya 2:1

18 iyul, 08.00, Stubhub Center

Gollar:
1:0 – 49, avtogol Poznanski, 1:1 – 71 Levandovski, 2:1 – 88 Nketia.

Arsenal – Leno (Martines, 46), Monreal (Kolashinac, 46), Mustafi (Chembers, 81), Papastatopulos, Jaka, Meytlend-Naylz, Ozil (Djon-Djulz, 81), Uillok (Barton, 64), Mxitaryan (Nelson, 64), Lyakazett (Nketia, 81), Obameyang (Saka, 81).

Bavariya - Noyer (Ulrayx, 46), Boateng (Zyule, 46), Alaba (Poznanski, 46), Kel (Kimmix, 46), Martines (Pavar, 46), Alkantara (Shtiller, 46), Ontujans (Gnabri, 46), Tolisso (Goretcka, 46), Myuller (Levandovski, 46), Yoxansson (Singx, 46), Arp (Koman, 46).





Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia