"Inter"ning titul homiysi o'zgaradi. Afsonaviy "Pirelli"ni endi liboslarda ko'rmaymiz

Mirjalol Normatov
16 iyul 2021
"Inter"ning yangi titul homiysi ma'lum bo'ldi.

2021/2022 yilgi mavsumdan boshlab "Socios.com" blokcheyn-ilovasi logotipi "Inter" liboslarida paydo bo'ladi. Bu haqda Fabricio Romano xabar bermoqda.

Bunga qadar 26 yil davomida "Pirelli" "Inter"ga titul homiy bo'lib turgandi.

Shartnomaga ko'ra "Inter" yiliga 20 mln evro ishlab oladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fabrizioromano