Iqbol Malikjonov “Surxon” bilan shartnoma imzoladi

Narzulla Saydullayev
28 fev 2022
“Qo'qon-1912” jamoasidagi faoliyati bilan tanilgan yarim himoyachi Iqbol Malikjonov klubini o'zgartirdi.

Futbolchi kuni kecha “Surxon” bilan shartnoma imzoladi. Bunga qadar u klub mashg'ulotlarida ishtirok etib kelayotgandi. Tomonlar rasman kelishuvga erishdi.

Ma'lumot uchun, Malikjonov o'tgan mavsum qo'qonliklar safida Superligada 18ta uchrashuvda maydonga tushgan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia