Ispaniya - Shveytsariya o'yinini Oliver, Italiya - Belgiya bahsini Vinchich boshqaradi

Alisher
1 iyul 2021
2 iyul kuni Evro-2020 1/4 finallarida ishlaydigan hakamlar nomi ma'lum bo'ldi.

Ispaniya - Shveytsariya o'yiniga angliyalik Maykl Oliver tayinlandi. To'rtinchi hakam - Ovidiu Xacegan (Ruminiya).

Italiya - Belgiya bahsini sloveniyalik Slavko Vinchich boshqaradi. To'rtinchi hakam - Fernando Rapalini (Argentina).

Ispaniya va Shveytsariya Sankt-Peterburgda, Italiya va Belgiya Myunxenda o'ynaydi.


AlisherMuallif
Manba: uefa.com