Ispaniyada hakam kartochkalarini uyda unutib qoldirdi

Sherzod Nurmatov
14 apr 2026
Ispaniya ikkinchi divizioni 35-turida "Ueska" va "Deportivo" o'rtasidagi o'yinda g'alati voqea yuz berdi.

O'yin durang bilan yakunlandi, bu na mezbon jamoani, na mehmonlarni hafsalasini pir qildi, ular yuqori o'rinlar uchun kurashib, uch ochkoga umid qilgandi.

22-daqiqada hakam Ander Gonsales o'yindagi birinchi sariq kartochkani ko'rsatishga qaror qilganida, hamma qattiq kuldi. U cho'ntagini kovladi, ammo hech narsa topolmadi... so'ngra u kartochkalarni uyda qoldirgani ma'lum bo'ldi.

3.jpg

U nima bo'lganini anglab, uyatchan jilmayib, maydon chetiga yugurdi va unga zaxira kartochkalari to'plami berildi va o'z vazifasini davom ettirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN