Italiya 11 o'yinda umumiy 32:0 hisobida g'alaba qozondi

Aslanov Jasurbek
20 iyun 2021
Italiya terma jamoasi Evro-2020 3-turida Uelsni mag'lub etdi (1:0).

Roberto Manchini shogirdlari g'alabali seriyasini 11 o'yinga etkazdi. Ushbu seriya 2020 yil 11 noyabrdan boshlab davom etmoqda.

Bungacha Italiya Estoniya (4:0), Polsha (2:0), Bosniya va Gertsegovina (2:0), Shimoliy Irlandiya (2:0), Bolgariya (2:0), Litva (2:0), San Marino (7:0), Chexiya (4:0), Turkiya (3:0) va Shveytsariyani taslim etgandi (3:0).

11 o'yinda umumiy hisob - 32:0.

Italiyaliklar navbatdagi uchrashuvini Evro-2020 pley-off bosqichida Avstriya yoki Ukrainaga qarshi o'tkazadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru