Ixtiyor Karimov futbolga qaytdi

Xayrulla Xoliqov
28 iyul 2018
“Sho'rtan” futbol klubida faoliyat yuritgan tajribali murabbiy Ixtiyor Karimov jamoani tark etganidan so'ng ancha vaqt ko'rinish bermagandi.

So'nggi ma'lumotlarga qaraganda, Ixtiyor Karimov hozirgi vaqtda “Sho'rtan” PFK tasarrufidagi Shahrisabz BO'FMda o'quv-ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari lavozimida hamda “Hisor” jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib bormoqda.

Voha futboliga oid yana bir yangilik shuki, “Nasaf”, “Mashal” va ”Sho'rtan” jamoalarida o'zining ajoyib o'yinlari orqali futbol muxlislari qalbidan joy olgan Botir Qodirqulov Qashqadaryo viloyat futbol akademiyasida ish boshladi. 

Faxriddin Choriev.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia