Jaloliddin Masharipov Eronga qarshi o'ynamaydi

Mirjalol Normatov
20 mar 2025
Ayni damda O'zbekiston terma jamoasining JCH saralashi doirasida Qirg'iz Respublikasiga qarshi o'yini davom etmoqda.

Ushbu uchrashuvning 56-daqiqasida termamiz yetakchisi Jaloliddin Masharipov raqib jarima maydonchasi ichida yiqilib tushdi va bosh hakam Yusuke Araki bu holatni simulyaciya deb baholadi. Shu orqali Masharipov sariq kartochka ishlab oldi.

Bu uning ushbu saralash bosqichidagi ikkinchi sariq kartochkasiga aylandi va u Eronga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi aniq bo'ldi. Bunga qadar u Qatar (3:2) termasiga qarshi uchrashuvda ham ogohlantirilgandi. 


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia