Jasur Yaxshiboev Varshavaga yetib bordi

Narzulla Saydullayev
12 fev 2021
O'zbekistonlik Jasur Yaxshiboev faoliyatini Polshada davom ettirishi haqida xabar bergandik.

"Legiya" klubining tvittyerdagi rasmiy sahifasi Jasur Yaxshiboev Varshavaga yetib borganini e'lon qildi. 


Jasur Yaxshiboev bugun, 12 fevral kuni "Legiya" klubi safida tibbiy ko'rikdan o'tishni boshlaydi. Barcha testlar muvaffaqiyatli topshirilgach futbolchi va klub o'rtasida shartnoma imzolanadi. 

Quyida hamyurtimiz uchun tayyorlangan jadval bilan tanishish mumkin:

Juma, 12 fevral

08:00 - qon tahlili
08:30 - funkcional test
15:30 - 16:30 - yurak tekshiruvi
17:00 - MRT (1-qism)
18:30 - 19:00 - rentgen
20:00 - 21:00 - MRT (2-qism)

Shanba, 13 fevral

09:00 - 12:00 - yugurish testi


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia