JCH U-20. Finalchilar ma'lum

Khoja
16 okt 2025
Chili mamlakatida yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatining yakuniga yaqinlashmoqda.

Musobaqaning yarim final uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Lotin Amerika derbisida Argentina va Kolumbiya o'zaro bahs olib bordi va unda Argentina 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

Yarim finalning ikkinchi bahsida esa Marokash Fransiyaga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa omad Afrika jamoasiga kulib boqdi.

Shu tariqa, finalda Marokash va Argentina o'zaro bahs olib boradi. Uchrashuv 20 oktyabr kuni soat 04:00 da start oladi.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia