Yerro El-klasiko bahsida “Real”ni favorit sifatida ko'rmoqda

Tolibjon Qosimov
17 okt 2013
Madridning “Real” klubi sobiq himoyachisi Fernando Yerro, uning jamoasi “klasiko” bahsida “Barselona”dan ustun kelishini ta'kidlab o'tdi, deb xabar beradi ispan OAV.

Ushbu to'qnashuv milliy chempionatning 10-turi doirasida “Kamp Nou”da bo'lib o'tadi.

“Jamoa qanday holatda bo'lmasin, men uchun “Real” har doim favorit sanaladi.

Uyin 90 daqiqa davom etadi va omadli jamoa g'alaba qozonadi. Bunday o'yinlarda kichik xato ham fojiali bo'lishi mumkin”, - deydi Yerro.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com