

Nashrning xabar berishicha, Sisse Shveytsariya uchinchi divizioni jamoasi “Iverdon” bilan bir yillik shartnoma imzolaydi. Jibril o'tgan yilning fevral oyida katta futboldan ketganini e'lon qilgandi.
Eslatib o'tamiz, Sisse professional faoliyatini 1998 yili Fransiyaning “Oser” klubida boshlagan edi. Shundan u “Liverpul”, “Marsel”, “Sanderlend”, “Panatinaikos”, “Lacio”, “Al-Garafa”, “Kuban”, “Bastiya” jamoalarida to'p tepgan.

Oser safida ikki marta Fransiya chempionati to'purari bo'lgan. Gretsiyada Panatinaikos tarkibida ham ikki marta chempionat to'purariga aylangan.
2005 yil Liverpul bilan birga Chempionlar ligasida g'olib chiqqan. Fransiya terma jamoasi libosida 41ta uchrashuvda maydonga tushib, 9ta gol kiritgan.



