Jizzax kubogi. Final. "Do'stlik" qo'shimcha bo'limlarda g'alabaga erishdi

Narzulla Saydullayev
26 okt 2021
Kecha Jizzax viloyati kubogi final uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda "Do'stlik" hamda "Soliqchi" jamoalari o'zaro to'qnash kelishdi. Asosiy bo'limlarda tomonlan o'zaro durang qayd etdi - 2:2. Qo'shimcha ikki bo'limda esa "Do'stlik" jamoasi vakillari raqib darvozasini ikki bor ishg'ol etdi va viloyat kubogi sohibiga aylandi, - 4:2.

Jizzax viloyati kubogi. Final

"Do'stlik" - "Soliqchi" - 4:2

Gollar:
Suhrob Ayitboev (18, 117), Asad G'affarov (75), Davlat Isomov (96) - Jaloliddin Saidov (84,87)


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia