

"Bu erda solishtiradigan hech narsa yo'q. Menimcha Messiga etadigani yo'q. Flik tarkibni yaxshi qurmoqda, u erda de Yong, Pedri kabi sifatli futbolchilar ko'p. Lekin Yamal ham aqlbovar qilmas futbolchi", - dedi Alba.
Messi 2003-2021 yillar davomida "Barselona" tarkibida harakat qilgan va 778 o'yinda 672 gol va 303 assist qayd etgan. Shu davr mobaynida u 10 marta Ispaniya chempionligi, 7 marta Ispaniya kubogi hamda 4 bora YCHLni qo'lga kiritgan.



