Kamoliddin Murzoev "Nasaf" - "Bunyodkor" uchrashuvi oldidan nima dedi?

Iskandarov Abdulaziz
10 may 2025
Superliganing markaziy o'yiniga qiziqish yuqori.

Birozdan so'ng Qarshidagi "Markaziy" stadionda "Nasaf" - "Bunyodkor" uchrashuvi start oladi. Mazkur bellashuv oldidan o'z vaqtida ikki jamoada to'p tepgan sobiq futbolchi Kamoliddin Murzoevning fikrlari bilan qiziqdik. 


"Ikkala jamoa ham mavsum startini juda yaxshi boshlashgan. Kuchli uchlikka kirish uchun jadal kurash olib borayotgan jamoalar to'qnash keladi. Oxirgi turdagi o'yinlarga nazar tashlaydigan bo'lsak, biz yaqqol deb bilgan favoritlar ochko yo'qotdi. Menimcha, bu bellashuvda imkoniyatlar 50/50",- deydi Kamoliddin Murzoev.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia