Kapello "Real"ga qaysi hujumchini olish kerakligini aytdi

Mirjalol Normatov
15 okt 2018
"Real"ning sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello "qirollik klubi"ga mos tushadigan hujumchini aytdi.

Uning fikriga ko'ra, "Real" "Inter" hujumchisi Mauro Ikardi bilan shartnoma imzolashi kerak.

"Uning muxlisiman. Mauro - jarima maydonchasi ichida gol urish borasida ekspert, huddi Krishtianu Ronaldu kabi. Agarda unga raqib jarima maydonchasi ichida uch marta imkoniyat bersangiz, uchala vaziyatdan ham foydalana oladi. "Real"da bo'lganimda Ikardi bilan shartnoma imzolagan bo'lardim", - dedi Kapello.

Ikardi "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Radio Rai