Karlos Vela so'nggi 5 o'yinida 6 gol kiritdi

Mirjalol Normatov
15 sen 2019
"Los-Anjeles" hujumchisi Karlos Vela MLS doirasida "Filadelfiya Yunion" (1:1) klubiga qarshi o'yinda gol urishga erishdi.

30 yoshli meksikalik futbolchi o'zining golli seriyasini 5 o'yinga etkazdi. Ushbu o'yinlarda u 6 bora raqib darvozasini ishg'ol qildi.

Ushbu mavsumda u 27 o'yinda 28 marta gol kiritdi va to'purarlar jadvalida yetakchilikni davom ettirmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express