Karrager Keynning "Tottenxem"dagi kelajagini taxmin qildi

Mirjalol Normatov
25 apr 2023
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Jeymi Karrager "Tottenxem" forvardi Xarri Keynning klubdagi kelajagini taxmin qilib ko'rdi.

"Bu borada bir qancha vaqt o'yladim. Menimcha, "Tottenxem" natijalarining yoki Daniel Levining Keynning jamoadan kyetishni istamayotgani ham Xarrining boshqa jamoaga o'tishiga ta’sir o'tkazmasa kerak. 

U Angliyadan tashqariga ketmasa kerak, chunki, APL rekordidan o'zishni istamoqda. APLda yana bir top-forvard bor ekan, u haftasiga 350-400 ming funt maosh olmasligi kerakmi? U hali ko'p o'yin o'tkazadi. O'sha o'yinlari esa "Tottenxem"da bo'ladi deb o'ylayman", - dedi Karrager.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail