Kaseres "Kalyari" bilan shartnoma imzoladi

Sherzod Nurmatov
2 sen 2021
Urugvaylik himoyachi Martin Kaseres faoliyatini Italiyaning "Kalyari" klubida davom ettiradi.

Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, urugvaylik klub bilan joriy mavsum oxirigacha shartnoma imzolagan.

Kaseresning oxirgi jamoasi "Fiorentina" edi. U o'tgan mavsumda 31 o'yinda qatnashib, 2 ta gol urgan va 1 ta assist qayd etgan.

Shuningdek, 34 yoshli himoyachi "Yuventus", "Lacio", "Sautgempton", "Sevilya", "Barselona" va boshqa jamoalardagi o'yinlari bilan nom qozongan.

Eslatib o'tamiz, "Kalyari" Italiya A Seriyasida 1 ochko bilan 14-o'rinda bormoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: cagliaricalcio.com