​“Katta Sem” Irlandiya termasiga bosh murabbiy bo'lishi mumkin

Angliya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi yana ishga qaytishi mumkin.

Sky Sports ma'lumotiga ko'ra, Sem Ellardays Irlandiya terma jamosiga bosh murabbiy bo'lishi mumkin. U yaqinda o'z lavozimini tark etgan Martin O’Nil o'rnini egallashi kutilmoqda. Bundan tashqari bosh murabbiylikka Irlandiya termasini 1996-2002 yillarda boshqargan Mik Makkartining ham nomzodi ko'rib chiqilmoqda. Ma'lumot uchun, Ellardaysning so'nggi ish joyi “Everton” klubi bo'lgandi.


Manba: Sky Sports