

Ma'lumotlarga qaraganda, Kazemiro to'pig'idagi jarohat sabab 21 oktyabr kuni APL 9-turi doirasidagi "Sheffild"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishga majbur bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Kazemiro "Manchester Yunayted"ga "Real"dan o'tgan edi. O'zining birinchi mavsumida braziliyalik "qizil iblislar"ga Liga Kubogini qo'lga kiritishga yordam berdi.



