Kecha VAR ham "Liverpul" tomonida bo'ldimi?

Mirjalol Normatov
8 yanv 2023
Tunda Angliya Kubogining 3-raundi doirasida "Liverpul" - "Vulverxempton" bahsi bo'lib o'tdi.

Ushbu bahsning 52-daqiqasida "Liverpul" yetakchisi Muhammad Saloh offsayddan chiqib kelib gol urib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

Bu vaziyatda hakamlar to'pga "Vulverxempton" himoyachisi Toti tekkanligi sababli offsayd bermadi, katta ehtimol. 

Uchrashuvning 82-daqiqasida esa Toti jamoasini hisobda oldinga olib chiqqandi. Bu vaziyatda esa biror joyda offsayd topa olmadik.

Hozircha bu borada Angliya Kubogini o'tkazuvchi rasmiylar hech qanday tushuntirish berganicha yo'q.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia