Kes Smit "Real"ga o'tishga qaror qildi

Alisher Ostonov
3 yanv 2026, 16:15
AZ klubining niderlandiyalik 19 yoshli yarim himoyachisi Kes Smit Madridning "Real" klubiga o'tishga rozi bo'ldi.

Manbalarga ko'ra, transfer 2026 yilning yozida rasmiylashtiriladi. Smit Yevropaning eng yaxshi yosh yarim himoyachilaridan biri hisoblanadi.

Bu mavsumda Kes Smit AZ safida barcha musobaqalarda 27 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 5 ta assist qayd etdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: TEAMtalk